19 May 2023 yil 304

Stol tennisi g‘oliblari taqdirlandi

“Ichki ishlar organlarida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida “Ma’naviyat oyligi” doirasida Qarshi shahrida sportning “Stol tennisi” turi bo‘yicha boshqarma boshlig‘i birinchiligi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma tarkibiy bo‘limlari va shahar-tuman IIB xodimlari ishtirok etishdi.

Yakkalik bahslarida Dehqonobod  tumani  IIB JXX HPB inspektor-psixologi leytenant Suhrob Bobomurodov 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Navbatdagi sovrinli o‘rinlarni Mirishkor tumani Ichki ishlar bo‘limi JXX HPB inspektor-psixologi katta leytenant Abror Omonov va G‘uzor tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektori leytenant Ma’murjon Bo‘ronovlar band etishdi.

Musobaqaning xotin-qizlar bahsida 1-o‘rinni Qarshi shahar IIO FMB JXX HPB VE va YOBIG katta inspektor-psixologi podpolkovnik Adolat Begimova egalladi. 2-o‘rinni esa boshqarma JXX HPB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘limi MTB inspektori mayor Charos Naibova, 3- o‘rinni esa boshqarma JXX HPB VEIHYOK markazi boshlig‘i mayor Gulmira Turdiboyeva qo‘lga kiritdi.

Musobaqa g‘olibalari boshqarma rahbariyatining diplomi va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Text to speech