8 Fevral 2025 yil 760

Stol tennisi bo‘yicha musobaqa g‘oliblar taqdirlandi

IIV “Dinamo” jismoniy tarbiya-sport jamiyati Qashqadaryo viloyati kengashining 2025-yil sport musobaqalarini o‘tkazish taqvimiy rejasiga asosan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar jamoalari shaxsiy tarkibi o‘rtasida sportning stol tennisi bo‘yicha musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada kengashga a’zo jamoalar - Qashqadaryo viloyati IIB, Milliy gvardiya viloyat bo‘yicha boshqarmasi, DXX viloyat boshqarmasi, IIV QQga qarashli 7533 harbiy qismi va XAXT 7256-harbiy qismlari terma jamoalari qatnashdilar.
Qizg‘in va murosasiz kechgan tennis musobaqasi yakkalik bahslarida 1-o‘rinni DXX Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimi Barotov Sarvar qo‘lga kiritdi. Navbatdagi sovrinli o‘rinlarni DXX Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimi Amanov Tolib va Bojxona Salyamov Shuxrat band etdi.
Stol tennisi musobaqasining xotin-qizlararo yakkalik bahslarida Ichki ishlar boshiarmasi xodimasi, Begimova Adolat barcha raqiblaridan ustunligini namoyish etib, g‘oliblik shohsupasidan joy oldi. DXX Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimasi Abdurasulova Munavvar 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi Samadova Sevinch Umidulla qizi esa 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi.
Jamoalar o‘rtasida juftlik bahslarida DXX Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi terma jamoasi birinchi, Ichki ishlar boshqarmasi terma jamoasi ikkinchi, Bojxona terma jamoasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
Umumjamoa hisobida DXX Qashqadaryo viloyat bo‘yicha boshqarmasi terma jamoasiga g‘oliblik nasib etdi. Navbatdagi sovrinli o‘rinlarni Ichki ishlar boshqarmasi va Viloyat bojxona terma jamoasi egalladi.
G‘oliblar IIV “Dinamo” jismoniy tarbiya-sport jamiyati Qashqadaryo viloyati kengashining diplomi va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Text to speech