24 Fevral 2024 yil 204

Stol tennisi bo‘yicha musobaqa g‘oliblar taqdirlandi

IIV “Dinamo” jismoniy tarbiya-sport jamiyati Qashqadaryo viloyati kengashining 2024-yil sport musobaqalarini o‘tkazish taqvimiy rejasiga asosan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar jamoalari shaxsiy tarkibi o‘rtasida sportning stol tennisi bo‘yicha musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada kengashga a’zo jamoalar - Qashqadaryo viloyati IIB, Milliy gvardiya viloyat bo‘yicha boshqarmasi, DXX viloyat boshqarmasi, Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi, IIV QQga qarashli 7533- va XAXT 7256-harbiy qismlari terma jamoalari qatnashdilar.

Qizg‘in va murosasiz kechgan tennis musobaqasi yakkalik bahslarida 1-o‘rinni DXX Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimiTolib Amanov qo‘lga kiritdi. Navbatdagi sovrinli o‘rinlarni DXX Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimi Ulug‘bek Raxmatov va 7256-harbiy qism harbiy xizmatchisi, 2-darajali serjant Sanjar Aripov band etdi.

Stol tennisi musobaqasining xotin-qizlararo yakkalik bahslarida Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi xodimi, katta leytenant Feruza Axmedova barcha raqiblaridan ustunligini namoyish etib, g‘oliblik shohsupasidan joy oldi. Qashqadaryo viloyat IIB Qarshi shahar IIOFMB katta inspektor psixologi, podpolkovnik Adolat Begimova 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.  DXX Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimi Munavvar Abdurasulova esa 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Jamoalar o‘rtasida juftlik bahslarida DXX Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi terma jamoasi birinchi, Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi terma jamoasi ikkinchi, 7256-harbiy qism terma jamoasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Umumjamoa hisobida DXX Qashqadaryo viloyat bo‘yicha boshqarmasi terma jamoasiga g‘oliblik nasib etdi. Navbatdagi sovrinli o‘rinlarni Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi va 7256-harbiy qism terma jamoasi egalladi.

G‘oliblar IIV “Dinamo” jismoniy tarbiya-sport jamiyati Qashqadaryo viloyati kengashining diplomi va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Text to speech