Sportning voleybol turi bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqasining Qashqadaryo viloyat bosqichi o‘tkazildi
Mamlaktimizda sportni rivojlantirish, uyushmagan yoshlarni sportga jalb etish maqsadida sektorlarda bir qator musobaqalar uyushtirilib, bu yoshlarning imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilmoqda. Jumladan, Ichki ishlar vazirining farmoyishiga binoan Qashqadaryo viloyatida 3-sektor hududidagi mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar o‘rtasida sportning valeybol turi bo‘yicha “Ichki ishlar vaziri kubogi” musobaqalarining ilk musobaqalar g‘oliblari Qarshi olimpiya va paralimpiya zahiralari sport maktabida navbatdagi bosqichda ishtirok etishdi.
Tadbirni viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari polkovnik Olimjon Abdullayev ochib, ishtirokchilarga omad tiladi.
Ikki kun davom etgan musobaqada viloyatning shahar va tumanlaridagi 3-sektorga qarashli 15 ta mahallalarning uyushmagan yoshlaridan tashkil topgan jamoalari o‘zaro bellashdilar.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda musobaqa ishtirokchilar bor mahorat va tajribalarini ishga solib g‘oliblik uchun kurashdilar. Musobaqa natijalariga ko‘ra Kitob tumanidagi “Ko‘xsor” mahalla fuqarolar yig‘inining “Ko‘xsor” jamoasi barcha raqiblarini dog‘da qoldirib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Navbatdagi sovrinli o‘rinlarni Muborak tumanining “Yoshlik” va Qamashi tumanining “Jonbuzsoy” mahallalari band etdi.
G‘olib jamoalarga Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosarlari polkovniklar Aziz Allanazarov va Olimjon Abdullayev musobaqa kubogi, diplom va tegishli miqdorda pul hamda qimmatbaho sovg‘alarni topshirishdi.
G‘olib jamoa endi musobaqaning mintaqaviy bosqichida ishtirok etadi.