Sportning “Koʼp kurash” turi boʼyicha “Ichki ishlar boshqarmasi birinchiligi” musobaqasi oʼtkazildi
Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligini hamda 14-yanvar Vatan himoyachilari kunini nishonlanishi munosabati bilan, shu bilan birga Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrь kunidagi “Sogʼlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-6099-sonli farmoni, Oʼzbekiston Respublikasi IIVning 2020 yil 24 oktyabr kunidagi “Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlarida ommaviy sportni rivojlantirish va sogʼlom ovqatlanish turmush tarzini targʼib qilish boʼyicha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Dasturi hamda boshqarma boshligʼining 2021 yil 4 yanvarь kunidagi 2-sonli buyrugʼiga asosan sportning “Koʼp kurash” turi boʼyicha “Ichki ishlar boshqarmasi birinchiligi” musobaqasi oʼtkazilishi tashkillashtirildi.
Chaqqonlik va epchillikni sinash asosida tashkil etilgan bahslar yakunida Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi jamoasi birinchi oʼrinni egalladi.
Ikkinchi oʼrinni viloyat IIB JIEB 5-son Tergov hibisxonasi jamoasi egalladi.
Uchinchi oʼrinni viloyat IIB JIEB 35-son Manzil koloniyasi egalashdi.
Gʼolib va sovrindor ishtirokchilarni diplom va esdalik sovgʼalari bilan taqdirlandi.