Spitamen tadbiri davom etmoqda
Qarshi shahar hududida “Prezident archasi” va “Yangi yil” bayramini oʼtkazishda jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarliklar hamda jinoyatchilikning oldini olish hamda chet el fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslarni Oʼzbekiston Respublikasida boʼlish, turar-joy tanlash tartib qoidalariga rioya qilishlarini taʼminlash yuzasidan “Spitamen-2021”profilaktik tadbiri oʼtkazib kelinmoqda.
Tadbir davomida Qarshi shahrida faoliyat koʼrsatib kelayotgan xorijiy va qoʼshma korxonalar, mehmonxonalar, xorijiy davlat fuqarolari tahsil olayotgan oliy va oʼrta-maxsus oʼquv yurtlarida hamda aholi yashash uylarida qayddan oʼtgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslarga mamlakatmizda pasport viza qoidalariga amal qilish borasida qator profilaktik tadbirlar oʼtkazib kelinmoqda. Joriy yilning oʼtgan davri mobaynida “Spitamen” profilaktik tadbiri davomida, OʼzbekistonRespublikasida, boʼlish, yashash, turar-joy tanlash tartib-qoidalarini buzgan 41 nafar huquqbuzarlik holatlari aniqlandi. Shundan 21 nafar chet el fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslar tomonidan Oʼzbekiston Respublikasida boʼlish qoidasini buzilganligi aniqlanib, ularga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi MJtKning 225-moddasi 1-2-3 qismida koʼrsatilgan huquqbuzarlikni sodir qilganligi uchun maʼmuriy bayonnomalar tuzildi. Huquqbuzarlardan 21 million 740 ming soʼm, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʼlmagan shaxslarni xonadonlarida noqonuniy ravishda yashashiga yoʼl qoʼygan 14 nafar xonadon sohiblari MJtKning 225-moddasi 5-qismigakoʼra, maʼmuriy bayonnomalar tuzilib, jami 20 million 634 ming soʼm, 6 nafar (korxona, tashkilot va mehmonxona) mansabdor shaxslarga MJtKning 225-moddasi 4-qismiga koʼra maʼmuriy bayonnoma tuzilib, ulardan 22 million 792 ming soʼm miqdorida jarimalar undirildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.