27 Oktyabr 2021 yil 286

“SPICНKI” yozuvi tushurilgan gugurt qutti ichidan yashil rangli oʼtkir hidli quritilgan oʼsimlik borligi aniqlandi

2021 yil 15 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyat IIB xodimlari va tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda Mevazor MFY, hududida oʼtkazilgan “Тigʼ” va “Хavfsiz hudud” tezkor profilaktik tadbiri davomida, Shahrisabz tumani “Hisor” MFYda yashovchi B.M.ni choʼntagi tekshirilib koʼrilganida uning choʼntagida 1 dona “SPICНKI” yozuvi tushurilgan gugurt qutti ichidan yashil rangli oʼtkir hidli quritilgan oʼsimlik borligi aniqlanib, holislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. Shahrisabz shahar IIB EKGning xulosada B.M. dan olingan “SPICНKI” yozuvi tushurilgan gugurt qutidagi oʼziga xos oʼtkir hidli, yashil rangli, quritilgan holatdagi oʼsimlik moddalari tarkibida faol giyohvand modda tetragidrokannabinol mavjud boʼlib, ushbu oʼsimlik moddasi “Marixuana” giyohvandlik moddasi ekanligi aniqlanib, uning sof ogʼirligi 3,2 gramm ekanligi koʼrsatilgan. Mazkur holat yuzasidan Shahrisabz tumani IIB TB tomonidan B.M.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Text to speech