11 Dekabr 2020 yil 1187

SOXTА XODIM АNIQLАNDI


Sodir etilgan har qanday qonunbuzarlik ertami kech aniqlanib, jazoga tortilmay qolmaydi. Bu borada ichki ishlar organlari xodimlari jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni erta aniqlab oldini olish, roʼy berganlarini izlar bosilmay fosh etish uchun kunu tun hushyor xizmat qilmoqda.
Аmmo jamiyatda soha fidoyilarining xizmati mashaqqati va masʼuliyatini anglamay, jamoat tartibini va fuqarolar osoyishtaligini saqlashga masʼul shaxs sifatida tanishtirib, fuqarolarni aldashga urinish holatlari ham uchramoqda. Jumladan, Kasbi tumani Denov qishlogʼida yashovchi, muqaddam Jinoyat ishlari boʼyicha Qarshi shahar sudining 2019 yil 21 oktyabrdagi va 2020 yil 25 avgust kunidagi hukmlariga koʼra, firibgarlik va pora berish jinoyatlarini sodir etgani uchun 2 yil 6 oy muddatga axloq tuzatish ishi jazosi tayinlangan M. Yu. belgilangan jazolardan oʼziga tegishli xulosa chiqarib olmasdan takroran firibgarlik, yaʼni aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʼli bilan oʼzganing mulkini yoki oʼzganing mulkiga boʼlgan huquqni qoʼlga kiritish jinoyatini qoʼyidagi holat va usullarda sodir etgan. M.Yu. dastlab Chiroqchi tumani Torjilgʼa qishlogʼida yashovchi tanishi X. А. bilan fuqarolarning mulkini aldash yoʼli bilan qoʼlga kiritish borasida bir guruhga birlashgan.
2020 yil 29 oktyabrь kuni Qarshi shahar “Zaxokimaron” MFYdagi “Shoyi baliq” nomli choyxonada M.Yu. jinoiy sherigi X.А. boshlab kelgan Chiroqchi tumani Uyshun qishlogʼida yashovchi T.U.ning ishonchini suiiisteʼmol qiladi. X.А. mehmonga “Sizni viloyat IIB JTSB boshligʼi bilan tanishtirib qoʼyaman, u ishingizni hal qilib beradi” deydi. Choyxonada M.Yu. oʼzini mehmonga goʼyoki viloyat IIB JTSB boshligʼi deb tanishtirib, uning “Chiroqchi tumani IIB huzuridagi tergov boʼlimi ish yurituvida boʼlgan jinoyat ishi yuzasidan jabrlanuvchi ekanligini bilgani holda, oʼzini ichki ishlar boshqarmasining mansabdor shaxsi sifatida koʼrsatish orqali uning ishonchiga kirib, unga tan jarohati yetkazgan aybdor shaxslarga nisbatan qattiqroq jazo chorasi qoʼllanilishini amalga oshirishga vaʼda qilib, undan 700.000 soʼm miqdoridagi pullarni firibgarlik yoʼli bilan qoʼlga kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan 25.11.2020 yil 25 noyabr kuni oʼtkazilgan tezkor tadbirda M.Yu. qoʼlga kiritgan 700.000 soʼm pullarni T.U. ga qaytarib berayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Bundan tashqari, M.Yu. oʼzganing mulkini firibgarlik yoʼli bilan qoʼlga kiritish borasida jinoiy sherigi X.А. bilan oldindan til biriktirib, Chiroqchi tumani Torjilgʼa va Shurquduq qishloqlarida yashovchi S.B.ni jiyani S.А. va S.T.larni ichki ishlar organlariga ishga kirish uchun hujjat tayyorlab yurganidan xabar topadi.
M.Yu. jinoiy sherigi X.А. ning rejasiga koʼra, nomzodlar S.А. va S.T.ga oʼzini viloyat ichki ishlar boshqarmasi kadrlar boshqarmasida ishlovchi masʼul shaxs sifatida tanishtiradi. Ularni Ichki ishlar organlari xizmatiga kirish uchun oʼtkaziladigan nomzodlar tanlovidan oʼtkazib berishini, lekin buning uchun Kadrlar boshqarmasi boshligʼiga pul berishi kerakligini, shundagina ularning ishi oson bitib, 2-3 oy ichida xizmat kiyimini kiyib, ishga kirishishlari mumkinligini aytadi. Bu gaplarga nomzodlarni ishontirib, 2020 yil noyabrь oyi davomida ulardan harbiy guvohnomalari va jami 2300 АQSh dollari va 3.800.000 soʼm naqd pullarni Qarshi shahrining turli joylarida firibgarlik yoʼli bilan qoʼlga kiritib, oʼz ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech