Somonxonada saqlangan og‘u
Xalqimizda bo‘lmaganga bo‘lishma degan naql bor. Bu hayotda bir bor adashib, tegishli jazosini olgan bo‘lsa-da bundan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmagan shaxslarga nisbatan aytilgan. Jumladan Koson tumani “Regzor” MFYda yashovchi S.O‘tkur ham muqaddam bir marotaba sudlansada hayotini o‘nglab ololmagan ko‘rinadi.
Yaqinda Koson tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan “Qoradori-2023” tezkor tadbiri davomida S.O‘tkurning hovlisi ko‘zdan kechirilganda yetti tup kannabis giyoxvandlik o‘simliklarni parvarishlab kelayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu kamlik qilgandek, uning xo‘jalik binolari ko‘zdan kechirilganda somonxonasida bir dona yelim idishda va ikki dona “Palmall” nomli sigareta donalariga joylangan marixuana giyohvandlik moddasi aniqlab olindi.
Mazkur holat yuzasidan Koson tuman IIB huzuridagi TB tomonidan S.O‘tkur jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.