Sog‘lom turmush tarzi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek IIV va viloyat IIBning tegishli ko‘rsatmalariga asosan viloyat ichki ishlar organlari xodimlari orasida sog‘lom turmush tarziga amal qilish, turli kasalliklarning oldini olishga qaratilgan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.
O‘quv mashg‘ulotida viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasining mas’ul mutaxassis shifokori tomonidan xodimlarga doimiy ravishda badantarbiya va jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish orqali sog‘lom bo‘lish, ortiqcha vaznni oldini olish yo‘nalishlarida ishtirokchilarga tushunchalar berildi.