6 Aprel 2024 yil 255

“Sog‘lom turmush tarzi – salomatlik garovi”

Salomatlik – tuman boylik. Negaki, salomatlik – insoniyat hayotda uzoq umr ko‘rishning asosiy omili hisoblanadi. Odatda insonlar o‘z hayoti davomida salomatligini saqlash maqsadida sog‘lom turmush tarziga amal qilgan holda yashamog‘i kerak. Afsuski, so‘nggi yillarda ko‘plab yuqumli kasalliklar pandemiya darajasiga yetib, insoniyat sinovli kunlarni boshidan o‘tkazmoqda. Turli ko‘rinishdagi kasalliklarni oldini olish uchun inson organizmida immunitet  tizimi baland bo‘lishi talab etiladi. Organizmda immunitet tizimini ko‘tarish uchun quyidagilarga amal qilish tavsiya etiladi:

Sog‘lom ovqatlanish tamoyillariga amal qiling!

Kun davomida oz-ozdan 4-5 marotaba ovqatlanish, kamida 400 gr. Meva va sabzavotlar, ko‘katlar iste’mol qiling.

Tarkibida yog‘, qand va tuz miqdori ko‘p bo‘lgan mahsulotlarni cheklang.

Kechki ovqatni soat 19:00 dan kechiktirmang.

Jismoniy faollikni oshiring!

10-15 daqiqalik ertalabki badantarbiya mashqlarini bajaring.

Kun davomida kamida 30 daqiqalik jismoniy mashq qiling.

Kechki sayrga chiqing.

Imkon qadar sportning biror turi bilan shug‘ullaning.

Tamaki chekish va spirtli ichimliklar iste’mol qilishdan yiroq bo‘ling!

Zararli odatlar salomatlikka putur yetkazadi va umrni qisqartiradi.

Shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qiling!

Qo‘llaringizni ovqatdan oldin va keyin, ko‘chadan uyga kirganda va hojatdan so‘ng, albatta, sovunlab yuving.

Kuniga 7-8 soat uxlang.

Yilda bir marotaba oilaviy shifokor ko‘rigidan o‘ting.

Yuqorida keltirilgan tavsiyalarga amal qilish odam immunitetini ko‘tarilishi va kasalliklarning o‘z- o‘zidan chekinishiga zamin hozirlaydi.  

Text to speech