“Sog‘lom hayot” tadbiri
Qarshi shoxbekatida Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv departamenti jinoyat qidiruv xizmati, Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi tezkor vakillari, viloyat organizmda immunitet tanqisligi sindromiga qarshi kurashish markazi shifokorlari tomonidan yo‘lovchilar ishtirokida profilaktik tadbir uyushtirildi. Unda joriy yilning 1-15 avgust kunlari vohamizda “Sog‘lom hayot” maxsus profilaktik tadbirining 2-bosqichi o‘tkazilayotgani, “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da yoshlarni ruhan va jismonan sog‘lom bo‘lib voyaga yetishlari uchun aholi, ayniqsa, yoshlar orasida axloq-odob va sog‘liq doirasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, orttirilgan immunitet virusi infeksiyasi tarqalishini oldini olish va ushbu kasallikni yuqtirishga sabab bo‘layotgan omillarni bartaraf etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bosh maqsad ekanligi targ‘ibot tadbirlarida ta’kidlandi.
Ishchi guruh aholi va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, korxona va tashkilotlarda, mahallalarda, barcha ta’lim muassasalarida va boshqa aholi gavjum joylarda “Axloq va sog‘liqqa qarshi huquqbuzarliklar hamda OIV kasalligining ayanchli oqibatlari” mavzusida uchrashuvlar va davra suhbatlarini o‘tkazilishi, targ‘ibot ishlarini kuchaytirish maqsadida bukletlar, eslatma, plakat tarqatilishi, ko‘chalarga bannerlar o‘rnatilgani qayd etildi.
Tadbirda viloyat OITSga qashi kurash markazi mutaxassislari kasallikning kelib chiqishi, tarqalishi, fojiali oqibatlari xususida so‘z yuritib, mamlakatimizda va jahon miqyosida OIV infeksiyasi profilaktikasi va uning oldini olish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilishiga qaramasdan har yili dunyo miqyosida millionlab insonlar shu kasallik virusini yuqtirib, ko‘plab odamlar mazkur xastalik oqibatida hayotdan ko‘z yumayotganini ta’kidladi. Shu bois bu kasallikni yuqtirib olmaslik chora-tadbirlari xususida yo‘lovchilarga atroflicha tushunchalar berildi.
Ochiq muloqot ruhida tashkil etilgan tadbirda ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar atroflicha javoblar berishdi.