“Sog‘lom hayot” tadbiri
Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama
ma’naviy barkamol, jismonan baquvvat, har qanday illatlardan xoli ulg‘ayishi
uchun barcha shart-sharoitlar mahayyo etilgan. Ularni Vatanparvarlik ruhida,
yurtga sadoqat tuyg‘ulari asosida tarbiyalash, ilm-fan va sport sohasida yuksak
marralarni qo‘lga kiritishi uchun davlatimiz tomonidan alohida e’tibor
qaratilib, bu masala ustuvor darajaga ko‘tarildi.
Amaldagi “Yoshlar va biznesni
qo‘llab-quvvatlash yili”da yoshlarni ruhan va jismonan sog‘lom bo‘lib voyaga
yetishlari uchun aholi, ayniqsa, yoshlar orasida axloq-odob va sog‘liq
doirasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, orttirilgan immunitet virusi
infeksiyasi tarqalishini oldini olish va ushbu kasallikni yuqtirishga sabab
bo‘layotgan omillarni bartaraf etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib
qilish maqsadida
mamlakatimizda “Sog‘lom hayot”
maxsus profilaktik tadbirining birinchi bosqichiga start berildi.
Shu munosabat bilan Qarshi
muhandislik iqtisodiyot instituti talabalari ishtirokida “Sog‘lom hayot” maxsus
profilaktik tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv
departamenti jinoyat qidiruv xizmati,
Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi Tezkor qidiruv xizmati
Jinoyat qidiruv boshqarmasi rahbariyati, viloyat organizmda immunitet
tanqisligi sindromiga qarshi kurashish markazi shifokorlari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olgan Ichki ishlar vazirligi Tezkor qidiruv
departamenti jinoyat qidiruv xizmati katta tezkor vakillari, podpolkovniklar
Jamshid Sherov joriy yilning 1 mart kuniga qadar “Sog‘lom hayot” maxsus
profilaktik tadbiri ijrosini samarali tashkil etish maqsadida ichki ishlar
organlarining jinoyat qidiruv va boshqa sohaviy xizmatlari xodimlaridan iborat
ishchi guruh joylarda targ‘ibot va tashviqot ishlarini amalga oshirib
kelayotganini ta’kidladi.
“Sog‘lom hayot” tezkor
profilaktik tadbiri davomida aholi va
yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida
korxona va tashkilotlarda, mahallalarda, barcha ta’lim muassasalarida va boshqa
aholi gavjum joylarda “Axloq va sog‘liqqa qarshi huquqbuzarliklar hamda OIV
kasalligining ayanchli oqibatlari” mavzusida uchrashuvlarva davra suhbatlarini
o‘tkazilishi, targ‘ibot ishlarini kuchaytirish maqsadida bukletlar, eslatma,
plakat tarqatilishi, ko‘chalarga bannerlar o‘rnatilgani qayd etildi.
Tadbir doirasida axloq va
sog‘liqqa qarshi huquqbuzarliklar sodir etilishi mumkin bo‘lgan tungi klublar,
saunalar, SPA salonlar, massajxonalar, sog‘lomlashtirish joylari ham nazoratdan
o‘tkazilib, odob-axloq doirasidagi huquqbuzarliklarga moyil shaxslarning turmush tarzi o‘rganilib,
umumiy, maxsus, yakka va viktimologik profilaktik tadbirlar amalga oshiriladi.
Tadbirda viloyat OITSga qashi
kurash markazi mutaxassislari ham so‘zga chiqib, kasalligining kelib chiqishi,
tarqalishi, fojiali oqibatlari xususida so‘z yuritib, mamlakatimizda va jahon
miqyosida OIV infeksiyasi profilaktikasi va uning oldini olish maqsadida bir
qator chora-tadbirlar amalga oshirilishiga qaramasdan har yili dunyo miqyosida
millionlab insonlar shu kasallik virusini yuqtirib, ko‘plab odamlar mazkur
xastalik oqibatida hayotdan ko‘z yumayotganini ta’kidladi. Shu bois bu
kasallikni yuqtirib olmaslik chora-tadbirlari xususida o‘quvchilarga atroflicha
tushunchalar berildi.
Ochiq muloqot ruhida tashkil
etilgan yig‘ilishda institut talabalarining savollariga mutaxassislar
atroflicha javoblar berishdi.
Yakunda OIV infeksiyasi
kasalligining og‘ir oqibatlari tasvirlangan “Biz OITSga qarshimiz” nomli hujjatli
film namoyish etildi.
Targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda.