11 Oktyabr 2022 yil 270

Sog‘lom hayot asosi

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 9 avgustdagi “Respublikada qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida beg‘araz donorlik harakatini rivojlantirish choralari to‘g‘risida”gi Qaroriga asosan,  “Har oyning ikkinchi seshanbasi mamlakatimizda beg‘araz donorlik kuni” etib belgilangan. Shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi sohaviy xizmatlari xodimlari viloyat  Qon quyish markazida “Donorlik sog‘lom hayot garovi” shiori ostida beg‘araz donorlik tadbirida ishtirok etishdi.

Viloyat Qon quyish markazi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda markaz mutaxassislari tomonidan bunday xayrli tadbirlarning insonparvarlik g‘oyalariga yo‘g‘rilganligi,  donorlik qilishning inson organizmi uchun nechog‘lik foydali ekanligi tushuntirildi.  

Beg‘araz donorlik tadbirida Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi va viloyat Qon quyish markazi kelgusida ham bunday ezgu va xayrli ishlar zamiridagi tadbirlarni hamkorlikda o‘tkazishga kelishib olishdi.

Text to speech