20 Iyun 2024 yil 778

“Sohil valeyboli” musobaqalari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2024 yil – “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” munosabati bilan malakatimizda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, boshqa sohalarda bo‘lgani kabi ichki ishlar organlarida ham bu borada bir qator ibratli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan Ichki ishlar Vazirining 2024 yil 8 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tizimida joriy yilning  iyun oyi “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida “Yoshlar oyligi” deb e’lon qilish to‘g‘risida”gi farmoyishiga asosan, Qashqadaryo viloyatida alohida dasturga muvofiq “Ichki ishlar organlari yosh xodimlari va harbiy xizmatchilarining IV Respublika yoshlar forumi” Qashqadaryo viloyatida yuqori saviyada tashkil etildi.

Uch kun davom etadigan Forumning birinchi kuni xotin-qizlar uchun Qarshi shahridagi “Geolog” o‘yingohida  “Sohil valeyboli” musobaqalari  bo‘lib o‘tdi. 

Text to speech