SOXTА XАBАRDАN KIMGА NАF?!
Hozirgi kunda dunyo xalqlari koronavirus pandemiyasiga qarshi keskin choralar koʼrayotgan bir paytda baʼzi shaxslar Internet tarmoqlaridagi turli xil rasmiy va norasmiy guruh, kanallar hamda profillar fuqarolar orasida tahlika, sarosima uygʼotuvchi yolgʼon xabarlarni tarqatish bilan shugʼullanayotgani achinarli.
Qashqadaryo viloyati IIB tezkor xodimlari tomonidan, Qashqadaryo viloyati hududida “Koronavirus” infektsiyasi bilan bogʼliq asossiz (yolgʼon) yoki ijtimoiy-siyosiy vaziyatga salbiy taʼsir koʼrsatuvchi maʼlumot va xabarlarni internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda va messendjerlarda tarqatib kelayotgan shaxslarni aniqlash boʼyicha bir qator ishlar olib borilmoqda. Jumladan, yaqinda telegram ijtimoiy tarmogʼida ochilgan “Qashqadaryoliklar group” deb nomlangan guruhda (1592 nafar aʼzosi bor) “Otabek aka” nomi bilan ochilgan profilь egasi guruhda eʼlon qilingan “Oʼzbekistonda koronavirus infektsiyasi bilan kasallanganlar 5 nafarga oshib, ularning umumiy soni 55 nafarni tashkil etmoqda” deb nomlangan xabarga javoban “ – E-e odamlarni aldashdan nima foyda 1000 dan oshib ketgank-u kasallanganlar Oʼzbekistonda” – “toʼgʼrisini aytish kerak, odamlar shunga qarab chiqmaydi koʼchaga” – “Kelmas ekan deb yuribdi koʼchaga” degan soʼzlarni guruhda yozib qoldirgan. Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, telegram ijtimoiy tarmogʼidan “Otabek aka” nomi bilan roʼyxatdan oʼtgan fuqaro Shahrisabz shahar, “Uymovut” MFY, Uymovut koʼchasi, 330-uyda yashovchi Oymamatov Otabek Rajabali oʼgʼli ekanligi aniqlangan.
Fuqaro O.Oymamatov bilan holat yuzasidan suhbatlashilganda u bu xabarni hech bir asossiz yozganligini, Toshkent shahridan kelgan mahalladoshlaridan “Toshkentda vaziyat yaxshi emas” degan gaplarini eshitgani uchun kasallanganlar soni koʼp boʼlsa kerak deb oʼylaganligini, shu sabab “kasallanganlar soni 1000 dan oshib ketdi” deb telegram ijtimoiy tarmogʼiga oʼzining “Samsung Galaxy S8”apparati orqali, +99897-315-19-05 telefon raqamidan foydalanib, yozganligini maʼlum qilgan.
Yuqorida qayd etilgan holat yuzasidan fuqaro O.R.Oymamatovga nisbatan Shahrisabz tuman IIB HPB TP profilaktika inspektori katta leytenant L.Moʼminov tomonidan joriy yilning 27 mart kuni OʼzR MJtKning 205-moddasi asosida maʼmuriy ish hujjatlari toʼplangan va sudga yuborilgan .
Maʼmuriy ishlar boʼyicha Chiroqchi tuman sudining 2020 yil 27 mart kunidagi qaroriga asosan fuqaro O.R.Oymamatovga nisbatan OʼzR MJtKnin 205-moddasi bilan 10 (oʼn) sutka maʼmuriy qamoq jazosi qoʼllanildi.