9 Aprel 2022 yil
488
Sohibqironga ehtirom
Qadimiy va hamisha navqiron Shahrisabz shahrida Sohibqiron Аmir Temur tavalludining 686 yilligi munosabati bilan tadbir boʼlib oʼtdi. Oqsaroy xiyobonida toʼplangan viloyat va shahar hokimligi, keng jamoatchilik vakillari Shahrisabz shahridagi taʼlim muassasalari vakillari, harbiylar Аmir Temur haykali poyiga gullar qoʼyib, ulugʼ bobomiz xotirasiga hurmat-ehtirom koʼrsatishdi. Tadbir doirasida ichki ishlar organlari xodimlari Аmir Temur muzeyida boʼlib, sohibqiron hayoti va faoliyatiga oid qimmatli maʼlumotlar bilan tanishdilar.