21 Dekabr 2021 yil 479

“Sogʼlom va barkamol oila”lar aniqlandi

 

Yaqinda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qashqadaryo viloyati boʼlimida Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri kubogi uchun 3-sektorlarda yashovchi oilalar oʼrtasida “Sogʼlom va barkamol oila” shiori ostida sport musobaqlari va kitobxonlik bellashuvlarining viloyat bosqichi boʼlib oʼtdi. Unda tanlovning shahar-tuman bosqichlarida gʼoliblikni qoʼlga kiritgan 15 ta oilalar ishtirok etishdi.
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qashqadaryo viloyati boʼlimi, Sayido Nasafiy nomli viloyat axborot-kutubxona markazi, Oʼzbekiston yozuvchilar uyushmasi Qashqadaryo viloyat boʼlimi vakillaridan iborat hakamlar hayʼati baholab borgan kitobxonlik bellashuvlarida oilalar 4 ta shart boʼyicha bilimlarini sinovdan oʼtkazishdi. Hayʼat aʼzolari tomonidan tuzilgan savollar asosida bilet tortish asosida boʼlib oʼtgan kitobxonlik tanlovda, 1-oʼrinni Shahrisabz shahar “Xoʼjamurod baxshi” MFYda yashovchi Аsqar Hayitov oilasi qoʼlga kiritdi. Navbatdagi sovrinli oʼrinlarni Koson tumani “Paxtazor” MFYda yashovchi Zilola Ostonova va Mirishkor tumani “Pomuq” MFYda yashovchi Odil Аvazmurodov oilasi band etishdi.
Sportning shaxmat-shashka, stol tennisi, badminton va “Quvnoqlar va zukkolar” turi boʼyicha boʼlib oʼtgan bahslarda Gʼuzor tumani “Sovligʼor” MFY Sovligʼor qishlogʼida yashovchi Uzoq Sherdanov oilasi mutlaq gʼolib boʼldi. Yakkabogʼ tumani Ulamji MFYda yashovchi Hasan Boʼriev va Nishon tumani “Obod” MFYda yashovchi Izzat Qodirov oilasi keyingi oʼrinlarni qoʼlga kiritdi.
Musoqaba gʼoliblari va ishtirokchilariga gʼoliblik diplomi va qimmatbaho sovgʼalarni Qashqadaryo viloyati IIB boshligʼi polkovnik Shuhratjon Satvoldiev topshirdi.
Gʼoliblikni qoʼlga kiritgan oilar tanlovning respublika bochqichida ishtirok etadi.

Text to speech