SOGʼLOM TURMUSH – SOGʼLOM HАYOT DEMАKDIR
Joriy yilning 4 fevral kuni Qashqadaryo viloyati IIBda “Sogʼlom ovqatlanish qoidalari” mavzusida oʼquv seminari boʼlib oʼtdi. Unda IIV Tibbiyot boshqarmasining yetkachi mutaxassislari, Qashqadaryo viloyati IIB shaxsiy tarkibi va boshqarma Tibbiyot boʼlimi shifokorlari ishtirok etdi.
Oʼquv seminarida IIV Tibbiyot boshqarmasi yetakchi mutaxassis-shifokori mayor Rustam Murodov Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 14 noyabrь kunizdagi “Tibbiy profilaktika ishlari samaradorligini yanada oshirish orqali jamoat salomatligini taʼminlashga oid qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi Qarori hamda Ichki ishlar vaziri tomonidan 2020 yil 14 oktyabrь kuni tasdiqlangan “Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlarida ommaviy sportni rivojlantirish va sogʼlom ovqatlanish turmush tarzini targʼib qilish boʼyicha chora-tadbirlar” dasturi hamda 2020 yil 24 dekabrdagi “Ichki ishlar organlarida sogʼlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi buyrugʼi ijrosini taʼminlash yuzasidan IIV oʼrinbosari tasdiqlagan reja asosida toʼgʼri va sogʼlom ovqatlanish hamda nosogʼlom turmush tarzi orqali surunkali kasalliklarga olib keluvchi omillarning oldini olish borasida ishtirokchilarga atroflicha tushunchalar berdi.
IIV Markaziy poliklinikasi dietolog-shifokori Nargiza Ikramova “Sogʼlom ovqatlashnish nima?”, “Ovqatlanishdagi asosiy buzilishlar”, “Sogʼlom ovqat tarkibi qanday?”, “Notoʼgʼri ovqatlanish oqibatlari”, “Ovqatlanish qoidalari” kabi mavzularda maʼruza qildi.
Shuningdek, maʼruzachilar tomonidan qirq va undan yuqori yoshdagi viloyat ichki ishlar organlari xodimlarida uchrayotgan yurak-qon tomir qasalliklari - gipertoniya, infarkt, insulьt, qandli diabet va sogʼlik uchun xavfli xastaliklarni erta aniqlab oldini olish, aniqlash boʼyicha tegishli tavsiya va takliflar berildi. Bu toifa xodimlarda oʼtkazilayotgan skrining tekshiruvlar holati ham oʼrganib chiqilib, qoʼshimcha tahlillar uchun fikr va mulohazalar bildirildi.
Ochiq muloqot ruhida oʼtgan seminarda shaxsiy tarkib va shifokorlar mavzu doirasida bergan savollariga mutaxassislardan javoblar olishdi.