24 Iyun 2022 yil 335

“Sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhitni shakllantirish – davr talabi”

To‘rtinchi mintaqaviy hudud 2-son Jazoni ijro etish koloniyasida, “Intizom oyligi” doirasida xodimlar bilan “Sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhitni shakllantirish – davr talabi” mavzusida psixologik trening mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi L.Egamov, koloniya xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda shaxsiy tarkibning ruhiy holatini yaxshilash, sog‘lom fikrlar, shaxslararo munosabatlarda ijobiy xislatlarni shakllantirish, turli xil nizolarning oldini olish, o‘zini namoyon etish sharoitlarini yaratish hamda o‘ziga bo‘lgan ishonchni yuksaltirish, ijtimoiy moslashuv darajasini, notiqlik, o‘z fikrini o‘zgalarga o‘tkaza bilish qobiliyatini va munozara yuritish madaniyatini shakllantirishga asosiy e’tibor qaratildi.

O‘tkazilgan psixologik trening mashg‘ulotlari davomida xodimlar o‘z ustida ishlash, kitob mutolaa qilish, bilim egallash, o‘ziga ishonish xislatlari mustahkamlandi.

Text to speech