“Sogʼlom hayot uchun 5000 qadam!” shiori ostida piyoda yurish marafoni boʼlib oʼtdi
Prezidentimiz tomonidan aholining sogʼlom turmush tarzini shakllantirish, jismoniy faolligini oshirishni tashkil qilish va boshqarish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan qaror va farmonlar qabul qilinayotgani oʼz samarasini bermoqda. Davlat va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda sogʼlom turmush tarzini targʼib qilish, zararli odatlarga qarshi kurashish, aholining tibbiy madaniyatini rivojlantirish, jismoniy tarbiya-sogʼlomlashtirish va ommaviy sport harakatini tibbiyot profilaktikasi bilan integratsiyalashtirish boʼyicha ommaviy tadbirlar oʼtkazilayapti.
Xususan, bugun erta tongdan Chiroqchi tumani IIO FMB tashabbusi bilan tuman ichki ishlar tizimida mehnat qilayotgan xodimlar oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini keng targʼib qilish hamda tuman aholisini ommaviy sportga jalb etish maqsadida “Sogʼlom hayot uchun 5000 qadam!” shiori ostida piyoda yurish marafoni boʼlib oʼtdi.