26 Aprel 2022 yil 704

Sogʼlom avlod - kelajagimiz poydevori


Qarshi shahrida joriy yilning oʼtgan davrida voyaga yetmaganlar tomonidan bilib-bilmay huquqbuzarlik, jinoyat sodir etish holatlarining tahliliga bagʼishlangan yigʼilish boʼlib oʼtdi. Unda viloyat IIB JXX HPB, Qarshi shahar IIO FMB inspektor-psixologlari, XTB va uning tizimidagi umumiy oʼrta taʼlim maktablarining direktorlari ishtirok etishdi.
Tadbirni viloyat IIB JXX HPB boshligʼi podpolkovnik Ruslan Temirov ochib, Qarshi shahrida joriy yilning oʼtgan uch oyida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar turlarga boʼlinganda 1 ta talonchilik, 1 ta bezorilik, 2ta oʼgʼirlik va 1 ta oʼrtacha ogʼir tan jarohati yetkazish 1 ta tashkil etganini taʼkidladi. Voyaga yetmaganlar tomonidan jinoyatlarning sodir etilish vaqti tahlil qilinganda 1 ta jinoyat soat 07.00dan 13.00 atrofida, 3 tasi 13.00dan 19.00 atrofida,
1 tasi 19.00dan 01.00 gacha boʼlgan vaqt oraligʼida sodir etilgan. Jinoyatga qoʼl urgan voyaga yetmaganlarning 4 nafari maktab, 3 nafari esa oʼqimasdan yurgan voyaga yetmaganlardir. Jumladan, oʼtgan yil 6 noyabrь kuni Qarshi tumani “Shodlik” MFYda yashovchi voyaga yetmagan P.X. Qarshi shahrida joylashgan “АSI” istirohat bogʼida aylanib yurganida nomaʼlum oʼquvchi bilan tortishib qolgan. Natijada shaxsi nomaʼlum voyaga yetmagan P.X.ning uning yuz qismiga urib, tan jarohati yetkazgan. Olib borilgan surishtiruvlar natijasida P.X.ga tan jarohati yetkazgan voyaga yetmagan Qarshi shahar
19-oʼrta maktab oʼquvchisi X.J. ekanligi aniqlandi.
Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Terov boʼlinmasi tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 03 avgust kunidagi “Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam koʼrsatishni yanada takomillashtirish toʼgʼrisida”gi Qaroriga asosan, Joriy yilning oʼtgan davrida Qarshi shahar IIO FMB profilaktika inspektorlari va inspektor-psixologlari tomonidan jamoat joylarida ota-onasining yoki ularni oʼrnini bosuvchi shaxslarning nazoratisiz va qarovisiz yurgan jami 84 nafar voyaga yetmaganlar boshqarma voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam koʼrsatish markaziga joylashtirilgan. Markazga joylashtirilgan voyaga yetmaganlarning 88 foizini maktab oʼquvchilari tashkil etadi.
Bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmagan 141 nafar ota-onalarga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi Kodeksning 47-moddasiga asosan maʼmuriy bayonnoma tuzilib, ularga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarimalar qoʼllanildi.
Bundan tashqari, Toshkent shahar, Yunusobod tumani Bogʼiboʼston MFYda joriy yil 16 aprelь kuni 03.00dan 07.30larga qadar boʼlgan vaqt oraligʼida qarovsiz va ochiq qoldirilgan fuqaro А.А. boshqaruvidagi “SPARK” rusumli avtomashinani Qarshi tumanida yashovchi, Qarshi shahar XTB tasarrufidagi 14- oʼrta maktabning 7-sinf oʼquvchisi B.B. haydab olib qochgani jinoyati muhokamasi ham boʼlib oʼtdi.
Olib borilgan tezkor choralar natijasida B.B. boshqaruvidagi olib qochilgan avtomashinani Toshkent shahar Shoyxontohur tumani Kxay koʼchasida joylashgan АYoQSh shohobchasi hududida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Oʼzbekiston Respublikasi JKning 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Bunga bolaning ota-ona-maktab nazoratidan chetda qolagani sabab boʼlgani aytib oʼtildi.
Bir soʼz bilan aytganda mamlakatimizda kelajagimiz vorislari boʼlgan yoshlarni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash, sogʼlom va barkamol avlodni tarbiyalash ishi davlat ahamiyati darajasiga koʼtarildi. Bugun yoshlar zamon talablari darajasida bilim olishlari, oʼzlari tanlagan biror bir kasbni egallashlari, qolaversa sport bilan shugʼullanishlari uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo qilingan. Voyaga yetmaganlar oʼrtasida bunday koʼngilsiz holatlarning oldini olish uchun oila-maktab-mahalla tizimini yoʼlga qoʼyish, yoshlarni boʼsh vaqtini mazmunli oʼtkazish lozimligi va bu borada har bir masʼul mutasaddilar masʼuliyatini oshirish bugungi kun talabi ekanligi ishtirokchilarga uqtirildi.

Text to speech