21 Avgust 2021 yil 618

Sodir etilgan mudhish qotillik jinoyatining sodir etilish sabablari, bunga imkon yaratib bergan shart-sharoitlar tanqidiy muhokama qilindi

Joriy yilning 21 avgust kuni Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi polkovnik B.E.Berdialiev huzurida shahar-tuman IIB boshliqlari, ularning oʼrinbosarlari va barcha profilaktika inspektorlari ishtirokida videoselektor yigʼilishi boʼlib oʼtdi.Joriy yilning 21 avgust kuni Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi polkovnik B.E.Berdialiev huzurida shahar-tuman IIB boshliqlari, ularning oʼrinbosarlari va barcha profilaktika inspektorlari ishtirokida videoselektor yigʼilishi boʼlib oʼtdi.  Yigʼilishda joriy yilning 17 avgust kuni shov-shuvga sabab boʼlgan, Qarshi shahrida sodir etilgan mudhish qotillik jinoyatining sodir etilish sabablari, bunga imkon yaratib bergan shart-sharoitlar muhokama qilinib, kelgusida ushbu oʼta ogʼir turdagi jinoyatlarning oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim boʼlgan chora-tadbirlar belgilandi. Bundan tashqari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev rahbarligida 2021 yil 12 fevralь kuni Ichki ishlar vazirligi hayьatining kengaytirilgan tarzda oʼtkazilgan yigʼilishida davlat rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan viloyat hududida amalga oshirilgan ishlar, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, ularning barvaqt oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati xodimlari tomonidan qonunchilik va xizmat intizomiga rioya qilish ahvoli muhokama qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim boʼlgan istiqbolli vazifalar hususida toʼxtalib oʼtildi.

Text to speech