14 Iyun 2024 yil 849

Sog‘ tanda sog‘lom aql

Sog‘ tanda sog‘lom aql deganlaridek, Qashqadaryo viloyati IIB DPM Tibbiyot bo‘limi poliklinikasi shifokorlari “Salomatlik kuni” tadbiri doirasida Koson tuman IIB xodimlarini chuqurlashtirilgan profilaktik tibbiy ko‘rikdan uyushtirishdi.
Unda dispanser nazoratida turgan ichki ishlar organlari xodimlari chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tahlillar natijasiga ko‘ra xodimlarga statsionar va ambulator tartibda davo muolajalari tavsiya etildi.
Bundan tashqari, koloniya shaxsiy tarkibi ham tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, sog‘lom ovqatlanish, umurtqa pog‘onasi osteoxondrozi, gipertoniya kasalligini oldini olish, suitsid holatlari profilaktikasi, koksartroz kasalligi profilaktikasi mavzularida ma’ruza va davra suhbatlari tashkillashtirildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech