25 May 2024 yil 595

So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbiri

Qashqadaryo viloyati IIB homiyligidagi Qarshi shahar 44-umumta’lim maktabida so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov bitiruvchilarga muhtaram Prezidentimizning yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi.
Shundan so‘ng boshqarma boshlig‘i o‘quvchilar mustaqil hayotga qadam qo‘ygani bilan tabriklab, maktab bitiruvchilariga oliy o‘quv yurtlarida o‘qib, o‘z kasbining yetuk mutaxassislari bo‘lib, kelgusida davlatimizning ijtimoiy va iqtisodiy hayotida faol ishtirok etishlariga ishonch bildirdi.
Yoshlarga ta’lim-tarbiya berishda fidoyilik ko‘rsatgan o‘qituvchilar va darslarni faol o‘zlashtirgan o‘quvchilar faxriy yorliq, tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
So‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirida badiiy chiqishlar ishtirokchilarda o‘zgacha taassurot qoldirdi.

Text to speech