29 Oktyabr 2022 yil 275

“Siz himoyadasiz!”

 

IIV ishchi guruhi o‘rganishlari davomida Qarshi shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazda bo‘lishdi. Xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan tadbirda IIV JXD HPB bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik  Sh.Pardaev, viloyat IIB va prokuraturasi hamda Qarshi shahar IIO FMB, shahar hokimligi Oila va xotin qizlar bo‘limi vakillari, ichki ishlar organlarida profilaktik hisobda turgan, ijtimoiy ahvoli og‘ir xotin-qizlar ishtirok etishdi.

“Siz himoyadasiz!” shiori ostida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash hamda jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun rag‘batlantirish maqsadida uyushtirilgan tadbirda xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi faolligin oshirish, ular o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish, oilaviy ajrimlarga barham berish, xotin-kizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, bandligini taminlash, profilaktik hisobda turgan xotin-qizlar bilan profilaktik  ishlarni tashkil etishning samarali va ilg‘or usullari haqida fikr-mulohazalar bildirildi. 

Xizmatda samarali natijalarga erishgan, xotin-qizlar o‘rtasida qonunbuzilishlarni oldini olishda boshqalarga o‘rnak bo‘layotgan Qarshi shahar hokimining o‘rinbosari,  oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, shaharning “Batosh”, “Qilichbek qo‘rgoncha”, “Yangi turmush”, “Gulshan”  mahalla fuqarolar yig‘inlari xotin-qizlar faollari hamda shahar IIO FMB HPB XQMB katta inspektorlariga “Tashakkurnoma”lar hamda esdalik sovg‘alar topshirildi.

Text to speech