1 Avgust 2023 yil 458

Sigir egasiga qaytarildi

Odatda ko‘pchilik qishloq sharoitida molini dalada ochiq qoldiradi. Bu holat o‘g‘rilar uchun ayni nishon. Jumladan,  Chiroqchi tumani “Chimqurg‘on” MFYda yashovchi fuqaro J.A. ham qishlog‘idagi dehqonchilik qiladigan yer maydonida bir bosh bozor bahosi 10.000.000 so‘m bo‘lgan sigirini bog‘lab qoldiradi. Fursatdan foydalangan noma’lum shaxslar sigirni o‘g‘irlab ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Chiroqchi tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu jinoyatni Yakkabog‘ tumanida yashovchi B.S. sodir qilganligi aniqlanib, 1 bosh sigir hujjatlashtirib olingan.

Chiroqchi tumani IIB huzuridagi TB tomonidan B.S. ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech