Sifatsiz mahsulotlar sotishning oldi olinmoqda
Qashqadaryo viloyati IIB PPX va JTSB karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi xodimlari qator mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda viloyatning shahar-tumanlarida faoliyat koʼrsatayotgan oziq-ovqat bozorlari va ularning shoxobchalarida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligi hamda veterinariya-sanitariya qoidalari normalariga amal qilinishini taʼminlash maqsadida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, joriy yilning 25-26 avgust kunlari Qarshi shahar va Chiroqchi tumanlarida joylashgan dehqon bozorilarda karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi xodimlari oʼtkazgan nazorat tadbiri davomida tadbirkorlar tomonidan fuqarolarga sifatsiz va isteʼmolga yaroqsiz goʼsht va goʼsht mahsulotlarini sotilishini oldini olish, karantin qoidalariga amal qilgan holda sifatli mahsulotlar sotish toʼgʼrisida targʼibot-tashviqot ishlari olib borildi.
Shuningdek, muddati oʼtgan sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlari sotayotgan 3 nafar goʼsht sotuvchilar karantin guruhi xodimlari tomonidan aniqlanib, ularga belgilangan tartibda tegishli choralar koʼrildi.
Qashqadaryo viloyatining barcha shahar-tumanlarida joylashgan bozorlarda sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlarini fuqarolarga sotilishini oldi olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar davom ettirilmoqda.