19 Iyul 2023 yil 490

Shubhali yo‘lovchining yonidan giyohvand modda topildi

Sir emas keyingi paytlarda ayrim shaxslar mo‘may daromad ilinjida giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanib, o‘zgalar hayotini zaharlashga urinmoqda. Ammo huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari tomonidan bu toifa shaxslarning qilmishi issiq izlarda fosh etilmoqda.

Jumladan, DXX Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari 2023 yil 14 iyul kuni Qarshi shahrida Surxondaryo viloyati Denov tumanida yashovchi A.F. ni shubhali harakatlari uchun to‘xtatishdi. Uning yoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda shimining o‘ng cho‘ntagidan 1 dona hamda sport so‘mkasidan 2  dona oq rangli selofan paketga o‘ralgan to‘q jigar rangli, o‘ziga xos o‘tkir hidli shirasimon modda borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Shubhali shaxsdan olingan uchta paketdagi modda “gashish” giyohvandlik vositasi bo‘lib, taroziga qo‘yilganda jami 83,29 gramm tosh bosdi.

Holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech