13 Mart 2021 yil 782

Shu pulingni berib tur...

Qarshi shahar “Gungon” MFYda yashovchi B.F ariza bilan murojaat qilib, u oʼz arizasida, 2019 yilning sentyabr oyida “Neksiya-3” rusumli avtomashinsini sotib olish maqsadida oʼzining “Spark” rusumli avtomashinasini sotganligini, bundan habar topgan tanishi Qarshi shahar “Xontepa” MFYda yashovchi T.B unga “shu pulingni berib tur, savdo-sotigʼim aylanmasiga pul kiritib, 2020 yil oxiriga qadar daromadimdan oʼzim senga “Neksiya-3” rusumli avtomashina olib beraman”-deb uni ishontirib, 2020 yilning yanvarь oyida 43 mln soʼm, iyunь oyida 31 mln soʼm va sentyabrь oyida 23 mln soʼm pullarini, jami boʼlib 97 mln soʼm pullarini olib, avtomashina olib bermasdan, shu kunga qadar aldab kelayotganligini bildirgan. Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB 3-sonli IIB TB tomonidan B.T.ga nisbatan Oʼz.Res JKning 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Text to speech