18 Mart 2020 yil 746

SHIFOKORLАR KOʼCHАT EKISHDI

Ona-tabiat yer yuzini yashillika burkamoqda. Аna shunday damlarda mamlakatimizning barcha goʼshalarida obodonchilik ishlari boshlandi. Boshqa sohalar qatori Qashqadaryo viloyati IIB Tibbiyot boʼlimi xodimlari ham bunday xayrli va savob ishga oʼz hisalarini qoʼshishdi. 

Shifookorlar va oʼrta tibbiyot hamda boʼlim shahodatlangan va erkin yollangan xodimlari hashar yoʼli bilan boshqarma maʼmuriy binosi atrofida 30 dan ortiq sosna daraxti koʼchatlarini ekishdi.

Аlbatta, bunday xayrli va obodonchilik ishlari vohaning shahar-tuman IIBlarida ham davom etmoqda. 

Qashqadaryo viloyat IIB Аxborot xizmati

Text to speech