14 Avgust 2023 yil 1622

“Sharq taronalari: dunyoni hayratga solayotgan ohanglar”

Qashqadaryo viloyati IIBda “Sharq taronalari: dunyoni hayratga solayotgan ohanglar” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat IIB rahbariyati, tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xizmatlar xodimlari ishtirok etdi. Uni viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Zavqiddin Xo‘janov ochdi. 

Tadbirda so‘zga chiqqan  viloyat Musiqali drama teatri abadiy-badiiy bo‘lim boshlig‘i Shodiya Xudoynazarova 1997 yildan buyon YUNESKO tashkiloti shafeligida an’anaviy tarzda har ikki yilda muntazam o‘tkazib kelinayotgan «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali ana shunday ezgu maqsadlarga xizmat qilmoqda, dedi.

O‘tgan yillar mobaynida mazkur san’at festivali dunyo xalqlari milliy musiqa madaniyati an’analarini asrab-avaylash, targ‘ib etish, tili, dini, millatidan qat’i nazar, barcha xalqlarni san’at orqali yaqinlashtirishga xizmat qiladigan va ular o‘rtasida do‘stlik aloqalarini mustahkamlaydigan nufuzli tadbirga aylanganini ta’kidladi.

Yig‘ilishda IIV SHXBB Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi O‘MIB tezkor vakili mayor Jamshid Rasulovning ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan salbiy va favqulodda holatlar to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.

So‘ngra, salbiy holatlarga sababchi bo‘lgan xodimlarning xatti-harakati bo‘yicha videorolik namoyish etildi.

Yakunda viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Baxtiyor Rajapov xodimlarga navbatdagi maxsus harbiy unvonlarni topshirdi. Shundan so‘ng, joriy yilning 25-29 iyul kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “To‘maris izdoshlari” ko‘rik-tanlovida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan ayol xodimalar qimmatbaho sovg‘alar va pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Text to speech