8 Sentyabr 2022 yil 562

Sharoit va imkoniyatlar namoyish etildi

Qashqadaryo VIIB JXX JTSB Kinologiya bo‘linmasida “Hayvonlarga nisbatan shafqatsiz muomalani oldini olish” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda respublika IIV ishchi guruhi, Yoshlar ittifoqi viloyat bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi va boshqarma sohaviy xizmatlari xodimari hamda uyushmagan yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalarida hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lish holatlari aks etgan lavhalar ko‘payib, aksariyat holatlarda ularning ijrochisi sifatida voyaga yetmaganlar va yoshlar namoyon bo‘lmoqda. Bu kabi salbiy holatlarni oldini olish, daydi hayvonlarni ro‘yxatga olish, ularga tibbiy yordam ko‘rsatish, sterilizatsiya va vaksinatsiya ishlarini amalga oshirish borasida boshqarma Kinologiya bo‘linmasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan ishtirokchilar atroflicha tanishtirildi.

Shuningdek, Kinologiya bo‘linmasida jonivorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, maxsus texnikalar va xizmat itlaridan foydalanish borasida ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

Yakunda xizmat itlari tomonidan musobaqalarda qo‘lga kiritilgan yutuqlar haqida yoshlarga atroflicha ma’lumotlar berildi.

Text to speech