20 Fevral 2022 yil 499

Shаrof Rrаshidov – buyuk siyosаt аrbobi


Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida “Sharof Rashidov – buyuk siyosat arboblari” mavzusida “Maʼrifat darsi” boʼlib oʼtdi. Unda viloyat IIB rahbariyati, sohaviy xizmatlar xodimlari va Qarshi davlat universiteti oʼqituvchilari ishtirok etdi. Tadbirni viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʼining birinchi oʼrinbosari polkovnik Jasur Аtayev ochdi.
Mavzu doirasida Qarshi davlat universiteti dotsenti Rashid Jumaev maʼruza qildi. Аtoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov 1917 yilning 6 noyabrida Jizzax shahrida tugʼilgani, dastlab, Jizzax pedagogika texnikumi soʼngra, Samarqand davlat universitetining filologiya fakulьtetida tahsil olgan. U talabalik davrida mazkur viloyatning “Lenin yoʼli” gazetasida muxbir, masʼul kotib, muharrir oʼrinbosari vazifalarida ishlaydi. Universitetning oxirgi kursida oʼqiyotganida esa muharrir darajasiga koʼtarilganini taʼkidladi.
Shu boisdan, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 27 martdagi “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash toʼgʼrisida”gi qarori asosida Jizzax shahrida uning memorial muzeyi tashkil qilindi. Ushbu maskanga kiraverishda Yurtboshimizning “Hech shubha yoʼqki, Sharof Rashidov nomini oʼzbek xalqining tarixidan, hayotidan ayri tasavvur qilib boʼlmaydi. Sharof Rashidov oʼz xalqiga va Vataniga fidoyi farzand edi”, degan soʼzlarining bitilishi ham unga boʼlgan buyuk hurmatning namunasidir.
Shuningdek, boshqarma boshligʼining birinchi oʼrinbosari polkovnik Jasur Аtayev tomonidan shaxsiy tarkib xodimlariga mamlakatimizda soʼngi yillarda ichki ishlar organlarida davlatimiz rahbari tashabbusi bilan keng koʼlamli islohotlar amalga oshirilayotganligi hamda ijobiy oʼzgarishlar va yangilanishlar, tizimdagi islohotlar nafaqat tarkibiy va tashkiliy jihatdan, balki xodimlarni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash masalalariga ham alohida eʼtibor qaratilayotganligini taʼkidlandi, biroq, tizimda yaratilayotgan keng imkoniyatlarga qaramasdan, bildirilgan ishonchni oqlash oʼrniga, ayrim xodimlar tomonidan tizim shaʼniga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etilayotganligi aytib oʼtdi, kelgusida shaxsiy tarkib oʼrtasida salbiy holatlar, shu bilan birga, xodimlar tomonidan tamagirlik va yoʼl transport hodisalari sodir yetilishining oldini olish, qimor va tavakkalchilik asoslangan internet ijtimoiy tarmoqlardagi 1-XBET uyinlarini uynamaslik, kasb madaniyatiga qatʼiy rioya qilish lozimligini taʼkidladi.

Text to speech