30 Mart 2022 yil 427

Shahrisabz shahrida gashish giyohvandlik moddasini hamda kuchli ta'sir etuvchi vosita olib ketayotgan shaxs aniqlandi

2022 yil 30 mart kuni 05:30da DXX Qashqadaryo viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB JQB “Giyohvandik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomila qilishiga qarshi kurashish boʼlimi” tezkor xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tadbir davomida, Surxondaryo viloyati Shahrisabz yoʼnalishida harkatlanib kelayotgan oq rangli “Epika” rusumli avtomashina toʼxtatalib tekshirilgan vaqtida ushbu avtomashinada yoʼlovchi sifatida kelayotgan Surxondaryo viloyati Denov tumanida tugʼilgan fuqaro F.Q. oʼzini shuxbali tutganligi sababli, uning yonidan 1 dona “TROPIKАMID” kuchli taʼsir qiluvchi vosita hamda “SNUP” dori vositasining ichiga joylangan “TROPIKАMID” suyuqligi borligi va qora rangli selefon paketga oʼralgan tuq jigar rangli, oʼtkir xidli 50,0 gr “GАShISh” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi. Ushbu olingan daliliy ashyolar kelgusida tekshirib kurishlik maqsadida xolislar ishtirokida hujjatlashtirilib olindi. Hozirda mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar huzuridagi TB tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Text to speech