27 Iyun 2022 yil 250

Sharafli kasb xodimlari 27 iyun – matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bayrami bilan qutlandi

Qashqadaryo viloyati IIBda 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bayrami munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma rahbariyati, tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xizmatlar xodimlari, markaziy va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari viloyat IIB Axborot xizmati xodimlari ishtirok etdi. Tadbirda boshqarma boshlig‘i polkovnik Shuhratjon Satvoldiyev so‘z  erkinligini rivojlantirish,  axborot sohasidagi ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini ta’minlash, demokratik islohotlarni amalga oshirishda faollik ko‘rsatib kelayotgan matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini xizmatlarini alohida e’tirof etdi.

Tadbir so‘ngida OAV va viloyat IIB Axborot xizmati xodimlariga Boshqarma boshlig‘ining mukofotlari hamda tashakkurnomalari topshirildi.

Text to speech