10 May 2021 yil 549

Shahrisabz tumanida sodir etilgan tan jarohati jinoyati yuzasidan tanqidiy muhokama yigʼilishi boʼlib oʼtdi

Shahrisabz tumani “Yangiobod” MFYda yashovchi H.B qoʼshnisi X.R bilan oʼzaro janjallashib qolishib, janjal vaqtida B.H qoʼli bilan pochchasi X.R.ni bosh sohasiga bir necha marotaba urgan vaqtida, X.R qoʼlida boʼlgan oshxona pichogʼi bilan B.X.ni qorin qismiga bir marotaba sanchib olib, tan jarohati yetkazgan.
Qashqadaryo viloyati IIB boshligʼi oʼrinbosari podpolkovnik U.Yaxshiev hamda tuman IIB boshligʼi ishtirokida sodir etilgan jinoyat muhokamasi boʼlib oʼtdi. Unda tumandagi sektor rahbarlari, mahalla va oilani qoʼllab-quvvatlash tuman boʼlimi, mahalla faollari va fuqarolar ishtirok etishdi.
Muhokamada ishtirokchilarga jinoyatning oqibatlari bilan kurashish emas, balki ularning barvaqt oldini olish masalasi ustuvor vazifa ekanligi uqtirildi. Jinoyatni kelib chiqish sabablari va bunga shart-sharoit yaratgan omillar yuzasidan tegishli mutasaddi idoralar va mahalla faollarining xatti-harakati muhokama qilindi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech