19 Yanvar 2023 yil 205

Shahrisabz tumanida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari kommunal va maishiy sohalarni o‘rgandi

Fuqarolarni kundalik va maishiy muammolarini aniqlash va hal etish, elektr energiyasi va suyultirilgan gaz ta’minoti, ko‘mir yoqilg‘isi yetkazib berish borasida amalga oshirilgan ishlarni yaqindan o‘rganish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor A.I.Ikramov boshchiligidagi ishchi guruh joriy yil 19 yanvar kuni Shahrisabz tumanida bo‘ldi.

Vazir o‘rinbosari tumanda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik va anomal sovuq tufayli tashkil etilgan “Tezkor shtab” faoliyat bilan tanishdi. “Tezkor shtab”da jamlangan elektr va gaz ta’minoti bo‘yicha sohaviy xizmat vakillari bilan suhbatlashib, fuqarolardan tushayotgan murojatlar, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni atroflicha tahlil etdi.

Tumanda anomal sovuq davrida isitish tizimida vujudga kelgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha ishchi guruhga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Shuningdek, tuman markazida olisda yashovchi gaz bilan ta’minlanmagan fuqarolarga ko‘mir yoqilg‘isi, oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berishni tashkil etish,  bu borada xizmat ko‘rsatayotgan avtotransport vositalarining yonilg‘i bilan ta’minlanishi bilan tanishib, ko‘rsatmalar va topshiriqlar berildi.

Shaxrisabz tumani aholisini ko‘mir bilan ta’minlovchi “Tanxoz” MFY hududidagi ko‘mir tarqatish omboriga borib, u yerda aholiga arzon narxda tarqatilayotgan holat ko‘zdan kechirildi. 

“Tezkor shtab” va sektorlar rahbarlariga qish mavsumida aholiga o‘z vaqtida ko‘mirni uzluksiz yetkazib berish, ko‘mir zahirasi o‘rganilib, kelgusida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldindan bartaraf etish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

Tumandagi “Shamaton” MFY hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarda bo‘lgan ishchi guruh aholining yashash shart-sharoitlari hamda oziq-ovqat do‘konlaridagi narx-navo holatlari o‘rganildi. Mahallaning Shamaton qishlog‘ida yashovchi ehtiyojmand oila Zulfiya Ixtiyorova oilaviy sharoitlari o‘rganilib, moddiy va ma’naviy ko‘mak berildi.

Viloyat bo‘ylab ishchi guruhning o‘rganishlari davom ettirilmoqda.

Text to speech