7 Fevral 2022 yil 408

Shahrisabz shahar madaniyat markazida huquqni muhofaza qiluvchi organlar muvofiqlashtiruvchi kengashining navbatdagi majlisi boʼlib oʼtdi

Yigʼilishni Shahrisabz shahar prokurori Bahrom Bekboʼtaev kirish soʼzi bilan ochib, kun tartibi bilan yigʼilganlarni tanishtirdi. Majlisda Shahrisabz shahar prokurorining oʼrinbosari Mehriddin Jabborovning oʼtgan yilgi jinoyatlarni oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar xususidagi maʼruzasi eshitildi.

Maʼruza yuzasidan muzokoralarda soʼzga chiqqanlar huquqbuzarlikni oldini olish, xotin qizlar oʼrtasida turli jinoyatchilikni oldini olish, yoshlarni boʼsh vaqtini mazmunli oʼtkazish, maktablarda taʼlim tarbiyaviy ishlarni yoʼlga qoʼyish, mehnat bandligini taʼminlash, sanitariya nazorat ishlarini kuchaytirish, OITS kasalligiga eʼtibor qaratish va boshqa masalalar boʼyicha yangicha faoliyat olib borishlari xususida oʼz fikr mulohazalarini bildirishdi. Yigʼilishda oʼtgan yili jinoyat oshgan Kesh, Zargarlik mahalla raislari, profilaktika inspektorlarning ham hisoboti eshitildi.

Text to speech