Shahrisabz shahar IIBda VIIB boshligʼi oʼrinbosari podpolkovnik U.N.Yaxshiev ishtirokida joriy yilning 6 oyi davomida boʼlim shaxsiy tarkibi tomonidan erishilgan yutuqlar va yoʼl qoʼyilgan kamchiliklar yuzasidan karantin qoidalariga rioya qilgan holda hisobot shakldagi kengaytirilgan yigʼilish oʼtkazildi.

Yigʼilishda barcha soha-xizmat rahbarlarning hisoboti tinglandi.
Yigʼilish soʼngida, VIIB boshligʼi oʼrinbosari podpolkovnik U.N.Yaxshiev tomonidan berilayotgan topshiriqlarni soʼzsiz bajarish, xizmat, ijro intizomi va qonunchilik talablariga rioya etish, fuqarolar bilan xushmuomalada boʼlishlari, kasb etikasi, madaniyatiga amal qilishlari yuzasidan rahbariy topshiriqlarni shaxsiy tarkib eʼtiboriga yetkazdi. Shuningdek, doimiy ravishda fuqarolar tomonidan karantin qoidalariga rioya qilishlari boʼyicha tegishli idoralar bilan hamkorlikda tushuntirish ishlari olib borilishini hamda karantin qoidalariga rioya qilmagan fuqarolarga maʼmuriy choralar qoʼllanishi boʼyicha barcha xodimlarni vazifador etdi.