8 Avgust 2023 yil 285

Sessiyada 3-sektor rahbarining  hisoboti  tinglandi

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat kengashining 64-sessiyasida sektor rahbarlari qatori, viloyat IIB boshlig‘i, polkovnik Shuhratjon Satvoldievning hisoboti tinglandi. Boshqarma boshlig‘i sohaviy xizmatlar va uning quyi tizimlarida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda joriy yilning o‘tgan davrida hududlarda sodir etilgan jinoyatlarni atroflicha tahlil qildi.

Viloyatda huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida “mahallabay”, “fuqarobay” ishlash tizimi bo‘yicha tashkil etilgan profilaktik tadbirlar natijasida joriy yilning olti oyida viloyatdagi 819 ta mahallalarning 76,7 foizida kriminogen vaziyat barqarorligi ta’minlandi. Shundan  41 foizida jinoyatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmagan bo‘lsa, 36 foiz mahallalarda jinoyatlar kamayishiga erishildi. Lekin yigirma uch foiz mahallalarda hal etilishi lozim bo‘lgan muammolar borligi sababli “qizil” toifada qolayotgani qayd etildi. 

Boshqarma boshlig‘i o‘z hisobotida sektorga qarashli hududlarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarga to‘xtalib, mavjud muammolarga yechim topish, mahallalarda fuqarolar bandligini ta’minlash, ayollar va yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar natijadorligi muhmi ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Sodir etilgan har bir jinoyatni mahallaning o‘zida sektor rahbari va mutasaddi tashkilotlar hamda keng jamoatchilik ishtirokida ta’sirchan muhokama qilish va kelgusida jinoyatlarning oldini olishning  samarali usuli ekanligini, bu borada manzilli chora-tadbirlari belgilash lozimligini haqida so‘z yuritdi.

Xalq deputatlari viloyat kengashining sessiyasida deputatlar, korxona va tashkilotlar mas’ullari hamda OAV vakillari ishtirokida ko‘rib chiqilgan masala va muammolarning yechimi bo‘yicha tegishli qarorlari qabul qilindi.

Text to speech