22 Yanvar 2024 yil 534

Sertifikatlar topshirildi

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya xizmati xodimlari bilan maxsus vositalarni qo‘llash va uning huquqiy oqibatlari mavzusida seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi IIV MOMB Maxsus tayyorgarlik o‘quv markazi, boshqarma JXX Probatsiya xizmati rahbariyati va shahar-tuman guruhlari xodimlari, boshqarma yuridik guruhi va tibbiyot bo‘limi mutaxassislari ishtirok etishdi.

Tadbirda IIV MOMB Maxsus tayyorgarlik o‘quv markazi katta instruktor o‘qituvchisi podpolkovnik Jamoliddin Raxmonov  “Elektroshoker qurilmalari maxsus vositalarni qo‘llash, foydalanish va saqlash tartibi” bo‘yicha xodimlarga tushunchalar berdi.

Savol-javoblar asosida bo‘lib o‘tgan o‘quv-amaliy mashg‘uloti yakunida Probatsiya bo‘linma (guruhi)lari xodimlaridan sinov va amaliy imtihonlar olinib, sertifikatlar topshirildi.

Text to speech