22 Fevral 2022 yil 455

Senat ishchi guruhi faoliyatini davom ettirmoqda

Аvval xabar berganimizdek, Qashqadaryo viloyatida jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, huquqbuzarliklarni jilovlash borasida amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishayotgan Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xavfsizlik va mudofaa masalalari qoʼmitasi raisi boshchiligidagi ishchi guruh Shahrisabz shahrida boʼlib, Oqsaroy xiyobonida fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash borasida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar. Tashrif doirasida Oqsaroy xiyobonida joylashgan betakror obidalar tarixi va u yerda faoliyat koʼrsatayotgan hunarmandchilik va xalq amaliy sanʼati namunalarini koʼzdan kechirdi. Senatorlar tashrif yakunida “Yashil makon” umumilliy loyihasi doirasida xiyobonga daraxt koʼchatlari ekishdi.

Text to speech