Sektor rahbarlari profilaktika inspektorlar masʼuliyatini oshirish boʼyicha yigʼilish oʼtkazdi
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi PQ-5050-sonli qarorida tuman hokimi mahalla huquq-tartibot maskaniga rahbarlik qilayotgan profilaktika katta inspektori bilan uchrashib, hududda jamoat xavfsizligini taʼminlash borasida aniqlangan muammoli masalalarni hal etish choralarini koʼrish lozimligi belgilangan.
Mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida bugun tuman hokimi B.Suyunov rahbarlarligida sektor rahbarlari va jinoyat ishlari boʼyicha Gʼuzor tumani sudi raisi mahalla profilaktika inspektorlarini masʼuliyatini oshirish boʼyicha yigʼilish oʼtkazishdi.
Yigʼilishda tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash kabi masalalar muhokama qilindi.
Tuman hokimi kuni kecha boʼlib oʼtgan Ichki ishlar xodimlari kuni bilan yana bir tabriklab, bugungi kunda Ichki ishlar xodimlariga keng imkoniyatlar yaratib berilayotganligini taʼkidladi.