20 Fevral 2021 yil 643

SEKTOR RАHBАRI YOSHLАR BILАN UCHRАSHDI

Yoshlar kelajagimiz, ertangi kunimizning vorislari. Bugun biz ularni qiynayotgan muamolarni hal etib, hayotda oʼz oʼrinlarini topib ketishiga koʼmaklashsak, kelajagimiz har tomonlama yetuk va barkamol avlod qoʼlida boʼladi.   Joylarda yoshlarni kundalik hayoti, turmush tarzi va maishiy muammolarini oʼrganish hamda bandligini taʼminlash maqsadida Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʼi 3-sektor rahbari polkovnik Shuhratjon Satvoldiev Chiroqchi tumani Madaniyat markazida sayyor qabul oʼtkazdi. Unda tumandagi 4 ta sektor rahbarlari hamda mutasaddi tashkilotlar vakillari, 72 nafar yoshlar ishtirok etdi. Sayyor qabulda tumanda istiqomat qilayotgan yoshlarning 26 ta murojaatlari tinglandi. Murojaatlar asosan tumanda yoshlarning ish bilan taʼminlanishi, bankdan kredit olib tadbirkorlik qilishi kabi yoʼnalishlarda kechdi. Tashkil etilgan boʼsh ish oʼrinlari yarmarkasida esa uch nafar yoshlarga ishga yoʼllanma berildi. Murojaatlarning 4 tasi joyida hal etildi. 3 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirishlar berildi. Mablagʼ va vaqt talab etadigan 19 ta murojaat ijrosi nazoratga olinib, yechimini topish boʼyicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi. Jumladan, tumanning “Torjilgʼa” MFYda yashovchi J.Xolbozorovga Yoshlar biznes maktabida oʼqishi uchun yoʼllanma berildi. U oʼqishni tugatib, sertifikat olgach, bank krediti asosida tadbirkorlikni boshlaydi. Shuningdek, tumanning “Guliston” MFYda yashovchi uy bekasi S.Bozorovaga suyultirlgan gaz balloni berildi. Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech