22 Oktyabr 2021 yil 496

Sektor rahbari kitoblik yoshlar bilan uchrashdi

Kitob tumanidagi Musiqa va sanʼat maktabida Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʼi polkovnik Shuxratjon Satvoldiev tumandagi yoshlar bilan sayyor qabul oʼtkazdi., ularni qiynayotgan muammolarini tinglandi.
Sayyor qabulda 42 nafar yoshlar ishtirok etib, ularning 20 ta murojaati tinglandi. Ochiq va samimiy muloqot ruhida kechgan qabulda 4 nafar yoshlarning murojaati ijobiy hal etildi. 1 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirish berildi. Vaqt va mablagʼ talab etadigan 15 ta murojaat nazoratga olindi.
Qabulda ayrim yoshlarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi. Jumladan, Kitob tumanida istiqomat qiluvchi yoshlar – Xalilov Zuxriddin va Yashinov Dostonbeklar ichki ishlar organlariga ishga kirish istagini bildirdi. Ularga ichki ishlar organlariga ishga kirish tartibi va yoʼnalishlari tushuntirildi.
Bu boradagi ishlar davom etmoqda.

Text to speech