15 Avgust 2024 yil 540

Sektor rahbarining yoshlar bilan uchrashuvi fuqarolar qabuliga ulanib ketdi.

Nishon tumanida yoshlarga oid davlat siyosatini yuritish borasidagi ishlar natijadorligini yanada oshirish, yoshlar bilan ishlash, ularning taklif va muammolarini hal etish maqsadida Nishon tumani ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Sh.Raxmanovning sektor hududiga qarashli Ibn Sino mahallasida yoshlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.Uchrashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad yosh avlodning hayotda oʻz oʻrnini topishi uchun munosib sharoit yaratish, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, kasbga yoʻnaltirish va bandligini taʼminlash, tashabbuslarini ragʻbatlantirish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, yoshlar oʻrtasida sogʻlom muhitni yaratish bilan ahamiyatlidir.Yoshlar bilan uchrashuv davomida sektor rahbari har bir yoshlarning muammo va takliflarini tingladi.Shundan soʻng fuqarolar muammolari oʻrganilib, masʼullarga kelib tushgan murojaatlar yuzasidan topshiriq va vazifalar belgilab berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.

Text to speech