19 Dekabr 2020 yil 574

Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida “Poytaxt yoshlari” festivali hamda “Oʼzbekiston yoshlari” forumini, Qoraqalpogʼiston Respublikasi va viloyatlarning barcha tuman (shahar)larida “Yoshlar festivali” tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish va oʼtkazish toʼgʼrisida”gi 2020 yil 16 dekabrdagi Yoshlar masalalari boʼyicha respublika idoralararo kengashi majlis bayoniga asosan, Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida “Sektor rahbari va yoshlar” shiori ostida uchrashuv boʼlib oʼtdi.

Yoshlarni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash, ularda vataparvarlik tuygʼularini yana kuchaytirish, taklif-istaklari va qiziqishlarini oʼrganish, muammolarini hal etishda koʼmaklashish, iqtidorli va ilgʼor, neformal qatlamga mansub yoshlarni yurt taraqqiyoti, xalq farovonligi yoʼlida birlashtirish hamda 2021 yilda mamlakatda yoshlar siyosati yoʼnalishida kelgusidagi rejalarni belgilashni oʼz oldiga maqsad qilgan festivalda yuz nafarga yaqin sportda va fan olimpiadalarida yuqori natijlarni qoʼlga kiritgan, yosh hunarmand va ixtirochilar ishtirok etdi.

Festival qatnashchilari viloyat ichki ishlar boshqarmasi sport saroyida  xodimlarning sport shugʼullanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi. Soʼngra, festival ishtirokchilari boshqarma saf maydonida sohaviy xizmatlar xodimlarining ish uslubi va jangovar qurollar va texnikalarni tomosha qilishdi. 

Uchrashuv yakunida yoshlar boshqarma majlislar zaliga taklif etilib, ichki ishlar organri xizmatiga oid oʼzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi. Tadbirda boshqarma boshligʼi polkovnik Sh.Satvoldiev ishtirokchilarga badiiy kitoblarni topshirdi. Isteʼfodagi mayor B.Ravshanov ijrosidagi kuy-qoʼshiqlar tadbirga oʼzgacha fayz kiritdi.

Text to speech