Uyida giyohvand moddalarni saqlayotgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atildi
2021 yil 19 avgust kuni soat 07:00 larda Koson tumani “Quybogʼ” MFYda yashovchi А.U.ning yashash uyi va yordamchi xoʼjalik binolarida viloyat IIB tezkor xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tekshirish harakatlari davomida uning yashash uyi hovlisida joylashgan yordamchi xoʼjalik binosida 1 dona sellofan paket ichiga joylangan yashil rangli, oʼtkir hidli oʼsimlik quritmasi borligi, 1 dona sigaret qutisi ichida 4 dona segaret donalari, yashash uyi hammomida 1 dona “SPIChKI” yozuvli katta qutiga joylangan gugurt qutilar, molxonasi tepa qismidagi yogʼoch bolorlariga osilgan holda boʼlgan 1 dona qora rangli sellofan paketga solingan yashil rangli, oʼziga xos hidli, oʼsimlik quritmalari mavjudligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. Viloyat IIB EKBning xulosasida А.U.ning yashash uyi va yordamchi xujaliklaridan olingan 1 dona sellofan paket ichiga joylangan yashil rangli, oʼziga xos hidli, oʼsimlik kuritmalari va molxonasi tepa kismidagi yogoch bolorlariga osilgan xolda boʼlgan 1 dona qora rangli sellofan paketga solingan yashil rangli, oʼziga xos hidli, oʼsimlik quritmalari tarkibida aktiv tetragidrokannbinol moddasi bor va bu tadqiqot natijasida Marixuna giyohvandlik vositasi ekanligi, taqdim etilgan 1 dona sellofan paket ichidagi quriq holdagi Marixuna giyohvandlik vositasini sof ogʼirligi 65,1 grammga, taqdim etilgan 1 dona qora rangli sellofan paketga solingan qurik holdagi Marixuna giyohvandlik vositasini sof ogirligi 15,9 grammga teng”,-deb koʼrsatilgan. Koson tuman IIB TB tomonidan А.U.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi quzgʼatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.