29 Iyun 2022 yil 314

Sayyor qabuldan fuqarolar mamnun

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Inson manfaatlari — hamma narsadan ustun” va “Inson qadri uchun” tamoyillari asosida fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa  muammolarini hal etish, huquqiy va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biriga aylandi.

Prezidentimiz tomonidan mutasaddi rahbarlarga respublikamizda mavjud ikki yuzdan ortiq shahar-tumanlarining mahallalarida istiqomat qiluvchi aholining barcha sohadagi muammolarini manzilli bartaraf etish maqsadida Prezident davlat maslahatchisi Tursinxon Xudoybergenov boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryo viloyatining Kasbi tumanidagi “Qamashi” MFYdagi mahalla guzarida  ommaviy sayyor qabul o‘tkazdi. Sayyor qabulda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor Baxodir Mirzaraximov rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Mirishkor,K asbi  va Muborak tumanlari fuqarolarining murojaatlari qabul qilindi.

Ommaviy sayyor qabulda 33 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Shundan 11 ta murojatlar ijobiy yechim topdi. Qo‘shimcha surishtiruv va vaqt talab etadigan 22 ta murojaat ijrosi nazoratga olindi.

“Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” tamoyili asosida amalga oshirilgan sayyor qabulda fuqarolar muammolarini bayon qilishdan tashqari muhtaram Yurtboshimizga, sayyor qabulni ochiq, shaffof tarzda o‘tkazgan barcha soha rahbarlariga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etishdi.

Text to speech